#kengash_raisi_faoliyati
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#sessiya_kun_tartibidagi_masala
#162_ta_qonun
Sessiya kun tartibiga kiritilgan masala hamda Qonun ijrosi yuzasidan o'rganish o'tkazildi
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi raisi J.Xudoyqulova hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Mamarajabov tomonidan 9-Gilambob saylov okrugidan saylangan deputat A.Kenjayev hududidagi "Gilambob" mahallasida mahalla profilaktika inspektori faoliyati joyida o‘rganildi.
O‘rganish davomida mahallada huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilik profilaktikasini tashkil etish, profilaktik hisobda turuvchi fuqarolar bilan olib borilayotgan ishlar hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilindi.
Shuningdek, mazkur o‘rganish Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to‘g‘risidagi hisobotini har tomonlama ko‘rib chiqish maqsadida amalga oshirildi.
Bundan tashqari, “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ–407-son, 2016-yil 16-sentabr) ijrosi yuzasidan tayyorlangan savolnoma asosida ham o‘rganish o‘tkazilib, qonun talablarining amaliyotdagi ijrosi tahlil qilindi. O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram