#24_ta_masala
#Kotibiyat_xodimi_faoliyati
#Mahalla_yettiligi_bilan_hamkorlik
Mahalla yettiligi faoliyati joyida o‘rganildi
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Mamarajabov o‘ziga biriktirilgan deputat, 10-Yetimqum saylov okrugidan saylangan deputat B.Ochildiyev hududidagi "Yetimqum" mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishdi.
O‘rganish davomida mahallada aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ehtiyojmand oilalar bilan manzilli ishlash, fuqarolarning murojaatlarini hal etish hamda yoshlar bandligini ta’minlash va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, mahalla ijtimoiy xodimi hamda yoshlar yetakchisi tomonidan olib borilayotgan ishlar, ularning faoliyati samaradorligi, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan yaqindan tanishilib, mas’ullar bilan o‘zaro fikr almashildi. O‘rganish yakunida aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram