Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat saylovchilariga axborot berdi

#deputat_axboroti
#saylovchilar_bilan_uchrashuv
#kotibiyat_mudiri_faoliyati

Deputat saylovchilariga axborot berdi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashiga 1-Gulobod saylov okrugidan saylangan deputat, tuman hokimi Sh.Allamurotov o‘zi saylangan "Gulobod" mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazib, 2026-yilning ikkinchi choragi yakunlari bo‘yicha amalga oshirgan ishlari yuzasidan axborot berdi.

Uchrashuvda xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri K.Muhammadiyev, mahalla fuqarolar yig‘ini Kengashi a’zolari, tumandagi tegishli tashkilot va muassasalar rahbarlari hamda mahalla faollari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida deputatning 2026-yilning ikkinchi choragi davomida saylov okrugida amalga oshirgan ishlari, fuqarolar murojaatlari asosida hal etilgan masalalar, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash borasida olib borilgan ishlar to‘g‘risidagi axborot xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri K.Muhammadiyev tomonidan saylovchilarga o‘qib eshittirildi.

Shuningdek, uchrashuv davomida deputat hamda mas’ul tashkilot va muassasalar rahbarlari tomonidan fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ko‘tarilgan masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Ayrim murojaatlar joyida ijobiy hal etildi, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan masalalar yuzasidan esa mutasaddi rahbarlarga tegishli topshiriqlar berilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.

Uchrashuv ochiq muloqot ruhida o‘tib, saylovchilarning taklif va mulohazalari kelgusidagi faoliyatda inobatga olinishi ta’kidlandi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 4