Yangiliklar

Mahalladagi ishlar o‘rganildi

Mahalladagi ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Mamarajabov tuman Kengashi deputati N.Alimovga biriktirilgan hududdagi "Shodlik" mahallasiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida mahalla fuqarolar yig‘ini raisi hamda hokim yordamchisi tomonidan hududda aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlash, obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Shuningdek, hududdagi mavjud muammolar atroflicha muhokama qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan o‘zaro fikr almashildi hamda tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 3