Qonun ijrosi o‘rganildi
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Donayev tuman hokimligining Investitsiya va eksport bo‘limiga tashrif buyurib, sohada amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, "Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (O‘RQ–598-son, 2019-yil 25-dekabr) ijrosini o‘rganish yuzasidan tayyorlangan savolnoma asosida qonun talablarining bajarilishi, investitsiya loyihalarini amalga oshirish, investorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda investitsiyalarni jalb etish borasida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.
O‘rganish davomida mas’ullarning axboroti tinglanib, qonun talablarining amaliy ijrosi, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, o‘rganish natijalari yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram