Hisobot davrida yoshlar guruhi tomonidan:
Yoshlar bilan ochiq muloqot va uchrashuvlar tashkil etildi;
Kelib tushgan murojaatlar o‘rganilib, ularning yechimi yuzasidan amaliy choralar ko‘rildi;
Iqtidorli yoshlarning taklif va tashabbuslari qo‘llab-quvvatlandi;
O‘quv-seminarlar, treninglar va huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi;
Yoshlarning bandligini ta'minlash va kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlar olib borildi;
Sport, madaniy-ma'rifiy va ijtimoiy loyihalar amalga oshirildi;
Monitoring va tahlillar asosida mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.
Yoshlar guruhining faoliyati yoshlarning huquqiy ongi va faolligini oshirish, ularning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish hamda Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida munosib o‘rin egallashiga ko‘maklashishga xizmat qilmoqda.
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi