Fuqarolar qabuli o‘tkazildi
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Q.Igamberdiyeva "Oqjar" mahallasida mahalla raisi hamda tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i O.Haydarqulova bilan birgalikda fuqarolar qabulini o‘tkazdi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan bandlik, ijtimoiy yordam, uy-joy, kommunal xizmatlar hamda boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, ularning yechimi bo‘yicha tegishli tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan masalalar nazoratga olinib, ularni hal etish yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi. Fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, ularning muammo va takliflarini tinglash hamda amaliy yordam ko‘rsatish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram