Mahalladagi muammolar va murojaatlar deputatlar e’tiborida
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashiga 18-Yakkaterak saylov okrugidan saylangan deputat I.Qurbonov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Mamarajabov “Yakkaterak” mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganish davomida mahallada aholi bilan ishlash, fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ijtimoiy muhit barqarorligini ta’minlash hamda hududdagi mavjud muammolarni bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Shuningdek, mahalla fuqarolari bilan muloqot o‘tkazilib, turli masalalar yuzasidan bildirgan murojaatlari tinglandi. Aniqlangan muammolarni tegishli tartibda hal etish yuzasidan mas’ullarga taklif va tavsiyalar berildi.
Hududlarda olib borilayotgan bunday o‘rganishlar orqali aholini qiynayotgan masalalarni joyida o‘rganish hamda ularning yechimiga ko‘maklashish maqsad qilingan.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram
#I_Qurbonov #A_Mamarajabov