Deputat tomonidan tibbiyot muassasasidagi holat o‘rganildi
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashiga 20-Yangi hayot saylov okrugidan saylangan deputat Ch.Normo‘minov “Yangi hayot” mahallasida joylashgan 40-sonli Qishloq oilaviy poliklinikasida bo‘lib, muassasa faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganish davomida poliklinikada aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmatlar sifati, bemorlar bilan ishlash tizimi hamda bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi. Shuningdek, fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar, tibbiyot xodimlarining faoliyati va mavjud muammolar yuzasidan mas’ullar bilan suhbat olib borildi.
Deputat tomonidan aniqlangan ayrim masalalar yuzasidan tegishli mutasaddilarga tavsiyalar berilib, aholiga sifatli va o‘z vaqtida tibbiy xizmat ko‘rsatishni yanada yaxshilash bo‘yicha zarur choralar belgilandi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram
#Ch_Normominov