Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Biriktirilgan tashkilot bilan hamkorlik ishlari muhokama qilindi

Biriktirilgan tashkilot bilan hamkorlik ishlari muhokama qilindi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi kotibiyati mudiri K.Muhammadiyev biriktirilgan tashkilot bilan hamkorlik yo‘nalishi bo‘yicha Qiziriq tumani Adliya bo‘limiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida deputatlar va Adliya bo‘limi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, hududlarda qonun hujjatlarining ijrosini ta’minlash, fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda huquqiy targ‘ibot ishlarini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, "Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (2021-yil 20-apreldagi O‘RQ–682-son) ijrosini o‘rganish yuzasidan tayyorlangan savolnoma asosida o‘rganish o‘tkazildi. Unda normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlash, ularni amaliyotga tatbiq etish, huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish hamda qonun hujjatlarining ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Bundan tashqari, hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar, amaliyotda uchrayotgan mavjud muammolar, ularni bartaraf etish yo‘llari hamda amaldagi qonunchilikni takomillashtirishga oid takliflar yuzasidan o‘zaro fikr almashildi. Uchrashuv yakunida kelgusida hamkorlikdagi ishlarni yanada tizimli tashkil etish va belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 2