Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Biriktirilgan tashkilotda qonun ijrosi o‘rganildi

Biriktirilgan tashkilotda qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputati I.Qurbonov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Mamarajabov deputatga biriktirilgan tashkilot bilan ishlash yo‘nalishi bo‘yicha "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi Qiziriq tumani bo‘limiga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida "Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (2016-yil 26-dekabrdagi O‘RQ–415-son) ijrosini o‘rganish yuzasidan tayyorlangan savolnoma asosida o‘rganish olib borildi.

O‘rganish jarayonida keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning sifati, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari, murojaatlar bilan ishlash tizimi hamda qonun talablarining amaliy ijrosi atroflicha ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, deputatga biriktirilgan tashkilot bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash, aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish, mavjud muammolarni o‘rganish va ularni bartaraf etish, shuningdek, amaldagi qonunchilikni takomillashtirishga oid takliflar yuzasidan mas’ul xodimlar bilan o‘zaro fikr almashildi. O‘rganish yakunida tegishli tavsiya va takliflar berildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 2