“Tinchlik” mahallasida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A. Mamarajabov o‘ziga biriktirilgan 8-Yangi yo‘l saylov okrugidan saylangan deputat A. Ergashev hududidagi “Tinchlik” mahallasida bo‘ldi.
Tashrif davomida mahalla hududida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, hududni rivojlantirishga qaratilgan ishlar hamda aholi turmush sharoitini yaxshilash bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar o‘rganildi.
Shuningdek, mahalla hududini rivojlantirish, aholining kundalik muammolarini samarali hal etish, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv davomida mahallada huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash hamda xavfsiz va barqaror muhitni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan ham yaqindan tanishildi.
Mas’ullar tomonidan hududda olib borilayotgan profilaktik tadbirlar, hamkorlikdagi ishlar va kelgusidagi rejalar yuzasidan ma’lumotlar berildi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram
#A_Mamarajabov