Hududda tadbirkorlik faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J. Donayev o‘ziga biriktirilgan 11-Sariq saylov okrugidan saylangan deputat Ch. Alimov hududidagi “Do‘stlik” mahallasida bo‘ldi.
Tashrif davomida mahallada tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar faoliyati o‘rganilib, ularning ish jarayonlari, yaratilgan sharoitlar hamda mavjud muammolar yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda aholi bandligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram
#J_Donayev