“Gulzor” mahallasida mahalla yettiligi faoliyati va aholi murojaatlari o‘rganildi
✅Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati E.Hamroyev o‘ziga biriktirilgan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi J.Donayev bilan hamkorlikda “Gulzor” mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
⏺O‘rganish jarayonida mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyati, hududda amalga oshirilayotgan ishlar hamda aholi murojaatlari bilan ishlash holati ko‘zdan kechirildi.
⏺Shuningdek, fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar joyiga chiqib o‘rganilib, mavjud muammolar yuzasidan tegishli mutasaddilar bilan muhokamalar olib borildi. Aholini qiynab kelayotgan masalalarga amaliy yechim topish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.
⏺Bu kabi o‘rganishlar hududdagi muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish hamda aholi bilan ochiq muloqotni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram
#E_Hamroyev_J_Donayev