Ijtimoiy soha loyihalari deputat nazoratida
⏺️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi “2025-2027-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-454-sonli qarorining ijrosi yuzasidan Sariosiyo tumani Kengashi deputatlari tomonidan nazorat-tahlil tadbirlari olib borilmoqda.
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati S.Avazov "Yoqutli bog‘" mahallasida qurilayotgan 120 o‘rinli Maktabgacha ta'lim muassasasining qurilish ishlarini o‘rganib chiqdi.
O‘rganish davomida ob'ektdagi qurilish ishlarining joriy holati ko‘zdan kechirilib, mas'ul tashkilot va pudratchi korxona vakillari bilan muloqot qilindi. Ob'ektda aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mas’ullarga vazifalar yuklatildi hamda mazkur masala yuzasidan doimiy deputatlik nazorati o‘rnatilishi ta'kidlandi.