Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining 18-G‘oyibon saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati M.Karimova G‘oyibon mahallasida “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida o‘tkazilgan umumxalq xayriya hasharida faol ishtirok etdi.
янв.21
Deputat R.Valiyeva Yangi hayot mahallasida aholi bilan uchrashdi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashining 3-Yashnaobod saylov okrugidan saylandan deputat, tuman Kengashi kotibiyat mudiri U.Bobojonov o'zi saylangan okrugdagi aholi bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
PAYSHANBA - YOSHLAR KUNI
янв.21
Yoshlar kunida maktab o‘quvchilari bilan uchrashuv
янв.21
Tuman Kengashi deputati maktabda bo‘ldi.
янв.21
O‘rtaqo‘rg‘on mahallasida aholi bilan ochiq muloqot
янв.21
Mahalla faoliyati o‘rganildi
янв.21
Maktabdagi sharoitlar deputat e’tiborida
янв.21
Bozordagi narx-navolar deputat nazoratida
#Munosabat “Hazarbobo” – “Yangiravot” yo‘li masalasida rasmiy javob olindi

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi deputati E.Abdusalomov tomonidan “Hazarbobo” va “Yangiravot” mahallalarini bog‘lovchi yo‘l yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘roviga Ishtixon tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi rasmiy javob taqdim etdi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur yo‘l mahalliy ahamiyatdagi 30v055 (4k-548) “Sheyxlar – O‘rtaqishloq – Tallak.q” avtomobil yo‘lining bir qismi bo‘lib, aynan “Hazarbobo” va “Yangiravot” mahallalarini bog‘lovchi 12–15 km oralig‘i ta’mirtalab hisoblanadi.

Yo‘lni 2026-yil “Avtomobil yo‘llarini joriy ta’mirlash” dasturiga kiritish yuzasidan Samarqand viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasiga taklif berilgan. Dastur tasdiqlangach, joriy yilning II choragida yo‘lni to‘liq ta’mirlash rejalashtirilgan. Hozircha o‘tuvchanlikni ta’minlash maqsadida yo‘l avtogreyder yordamida tekislandi.

Shunday qilib, deputatlik so‘rovi e’tiborsiz qoldirilmadi. Endilikda belgilangan muddatlarda amaliy ishlar bajarilishi deputatlik nazoratida bo‘ladi. 

Slide 1 of 2