Bugun Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati L.Niyozova xamda mahalla ma'sullari tomonidan Demas mahalla fuqarolar yig'inida joylashgan 20-sonli umumta'lim maktabida kuz-kish mavsumiga tayyorgarlik holati hamda tozalik va obodonlashtirish ishlari olib borilishi o'rganildi.
O'rganish jarayonida maktab 500 nafar o'quvchi ta'lim olayotganligi issiqlik manbai uchun jami 167280 kg ko'mir zaxirasi mavjudligi undan tashqari 4 ta zamonaviy qozonxona hamda ularga 6 nafar ishchi ishga joylashtirilganligi isitish qozonlari soz holatda ishlab turganligi bundan tashqari maktabning dalasida kuzgi shudgor hamda yashil makon doirasida ishlar ijobiy tartibda olib borilayotganligi aniqlandi.