Navoiy viloyati Konimex tumani hokimligi binosida hududni “Korrupsiyadan xoli hudud”ga aylantirish masalasida yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbayeva, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov, Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov hamda viloyat mutasaddilari, hokimlik va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etyapti.