Ta'lim va tibbiyot sohalari deputat nazoratida
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev boshchiligida joriy yilning 15-may kuni "Maktab ta'limi tizimidagi islohotlar samaradorligini oshirish hamda kelgusi ustuvor vazifalar" ga bag'ishlangan videoselektr yig'ilishida mahalliy Kengashlar deputatlariga belgilab berilgan vazifalar ijrosi bo'yicha 21-Paxtaobod okrugidagi mavjud maktabiga tashrif buyurgan deputat D.Sharopova mazkur sohadagi holat ya'ni ta'lim sifati, davomat, yaratilgan shart-sharoitlar, muammo va kamchiliklarni o'rganib chiqdi.
Shuningdek mahalla hududida qonunchilik hujjatlari ijrosi ustidan jamoatchilik nazorati tibbiy xizmat ko'rsatish qoidalariga rioya etilishi, aholining tibbiyot xodimlaridan roziligi nazorat qilindi.