Qiziltepa tumanida mahalliy Kengashlar faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.
2025-yil 30-may kuni xalq deputatlari tuman Kengashining majlislar zalida Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi Navoiy viloyat bo‘linmasi tomonidan Xalq deputatlari tuman Kengashi hamkorligida “Mahalliy kengashlar faoliyatini yanada yaxshilashda yangicha yondashuv va talablar” mavzusida o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.
Seminarda tuman Kengashi kotibiyat mudiri U.Bobojonov, Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi viloyat bo‘linmasi rahbari A.Ro‘ziqulov, tuman siyosiy partiya raislari, tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimligi mas’ullari hamda Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zolari ishtirok etdi.
Seminar doirasida mahalliy Kengashlar faoliyati samaradorligini oshirish, aholi manfaatlariga xizmat qiluvchi ochiq va hisobdor boshqaruvni shakllantirish, deputatlar faolligini kuchaytirish hamda “Kuchli Kengash – hisobdor va tashabbuskor hokim” tamoyilini amaliyotga joriy etish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, mavjud muammolarni aniqlash va ularni zamonaviy yondashuvlar asosida hal etish choralari yuzasidan fikr va takliflar almashildi.