Xalq deputatlari Qibray tuman Kengashi 15-okrug deputati Gulnora To‘xtanazarova saylangan okrugidagi Yangiyul mahallasida bo‘lib, “Open budjet” loyihasini o'rgandi.
Mazkur loyiha asosida mahallaga 5 ta transformator hamda 100 dona elektr ustunlari (stolbalar) ajratilishi belgilangan.
Deputat tashrifi davomida mahalla faoli Xoshimov Ismoil bilan uchrashib, loyihani samarali amalga oshirish, aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash hamda ishlarni sifatli tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, qurilish-montaj ishlarini belgilangan muddatlarda yakunlash yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.