Yangiliklar

Deputat nazorati

Xalq deputatlari Qibray tuman Kengashi 22-okrug deputati U.Noraliyev, "Uzumzor" mahallasida joylashgan 35-sonli umumta’lim maktabiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida ta’lim muassasasida yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv jarayonining tashkil etilishi hamda mavjud muammolar o‘rganildi. Deputat tomonidan maktab rahbariyati bilan muloqot o‘tkazilib, ta’lim sifatini yanada oshirish, o‘quvchilar uchun qulay muhit yaratish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga zarur ko‘rsatmalar berilib, ushbu masalalar deputat nazoratiga olindi.

Slide 1 of 3