Xalq deputatlari tuman Kengashi 21-okrug deputati Komilova Shoira Kurganovna hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Aripova Gulnora Akbarovnalar tomonidan “O‘tkir” mahallasi raisi bilan birgalikda aholi honadonlarining elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq holatlar o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida mavjud muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etish yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berildi.
Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar ham atroflicha ko‘rib chiqilib, ularni ijobiy hal etish bo‘yicha amaliy choralar belgilandi.