So‘nggi yillarda Prezidentimiz tomonidan mamlakatimizning asosiy o‘zagi hisoblangan mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, shahar markazlari hamda chekka qishloq hududlarini har taraflama rivojlantirish, aholi farovonligini ta’minlash borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi deputatlari M.Ramazonov va F.Alimovlar saylangan hududidagi “Darband” va “Madaniyat” mahalla fuqarolar yig‘inlarida bo‘lib, mahallarda olib borilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari ko‘zdan kechirdilar. Shuningdek, deputatlarning o‘zlari o‘tkazilayotgan obodonlashtirish tadbirlarida faol ishtirok etishib, bu bo‘yicha tavsiya va takliflarini berishdilar.