DEPUTATLIK NAZORATI
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi KQ-35-V-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 4-Uch yog‘och - Qarabog‘ saylov okrugi deputati, K.Xashimova tomonidan Sherobod tumani Qarabog‘ mahalla fuqarolar yig‘inidagi 46-davlat maktabgacha ta’lim muassasi uchun yangi bino qurish ishlarining holati bo‘yicha drayver loyihasini amalga oshirish holati bo‘yicha deputatlik nazorati olib borildi va mutasaddilarga ishlarning sifati bo‘yicha qo‘shimcha ko‘rsatmalar berildi.