Kuz–qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda
✍🏻Respublika ishchi guruhi ma'sul hodimi B. Chinazbekov va xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi kotibiyat mudiri K.Umarboyev hamda hudud deputatlari A.Tursunbayev, K.Xakimovlar bilan birgalikda shahar hududidagi 10-57-sonli maktablarning kuz–qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganild.
Tekshiruv jarayonida 10-57-sonli maktablarning isitish tizimlari, qozonxonalar sxemasi, tom qismi, elektr va suv ta’minoti hamda umumiy foydalanishdagi joylar holati atroflicha ko‘zdan kechirildi.
O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchilik va muammolar joyida bartaraf etilmoqda. Jumladan MFYlarda joylashgan ta'lim muassasalari tekshirilib, aholi uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ko‘rildi.
Bunday nazorat ishlari shahar mahallalarida bosqichma-bosqich davom ettiriladi.
Maqsad — aholining qulay yashash sharoiti va uy-joylarning kuz–qish mavsumiga to‘liq tayyorligini ta’minlashdir.