🗓 2025-yil 13-oktabr kuni Oltinsoy tumanining "12-Bo‘ston" saylov okrugidan saylangan xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati M.Xujanov boshchiligida “Chep” mahallasida navbatdagi obodonlashtirish va muammolarni hal etish yuzasidan hamkorlik tadbiri o‘tkazildi.
👥 Tadbirda mahalla faollari, mahalla fuqarolar yig‘ini vakillari, mas’ul tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
🔎 Tashrif davomida “Chep” mahallasida mavjud muammolar, xususan:
450 metr masofadagi suv quvurlari yaroqsiz holga kelgani aniqlandi.
🔧 Ushbu muammoni bartaraf etish maqsadida:
✅ Mahalla fuqarolari va mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda
✅ 450 metr yer qazilib, yangi suv quvurlari yotqizildi.
📌 Bu amaliy ishlar hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan davlat dasturlarining joylardagi ijrosi doimiy nazoratda ekanligini ko‘rsatmoqda.
Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati