Xalq deputatlari Pop tuman Kengashida doimiy
komissiya muhokama yigʻlishi boʻlib oʻtdi
Xalq deputatlari tuman Kengashida Mahalliy budjet, iqtisodiy masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi muhokama yigʻilishi bo‘lib o‘tdi. O‘tkazilgan ushbu doimiy komissiya muhokama yig‘ilishidagi masala;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-48-sonli qaror ijrosi yuzasidan Pop tumanida mahallalaridagi ko‘p qavatli uylar atrofida obodonlashtirish hamda infratuzilmani yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risidagi masalalar doimiy komissiya tomonidan muhokama qilindi.
Tuman Kengashi huzurida “Yoshlar maslahat guruhi” ni tashkil qilish to‘g‘risida tuman kengshining VII-7-46-6-84-K/25-sonli qaroriga asosan, ushbu doimiy komissiya yigʻilishida “Yoshlar maslahat guruhi” aʻzolari, Ekspert guruxi, siyosiy partiyalar va kotibiyat xodimlari ishtirok etishdi.