Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Bozorlarda narx-navo deputat nazoratida: G‘urumsaroy dehqon bozorida o‘rganish o‘tkazildi

Bozorlarda narx-navo deputat nazoratida: G‘urumsaroy dehqon bozorida o‘rganish o‘tkazildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Esonaliyev aholining kundalik iste’moli uchun zarur bo‘lgan mahsulotlar narx-navosini o‘rganish maqsadida erta tongdan G‘urumsaroy dehqon bozorida monitoring ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida bozor rastalaridagi oziq-ovqat mahsulotlari, jumladan, go‘sht, sut va sut mahsulotlari, sabzavot-poliz ekinlari hamda don mahsulotlari narxlari tahlil qilindi.

Sotuvchilar bilan suhbat o‘tkazilib, mahsulotlarning kelib chiqishi, yetkazib berish jarayonlari va narxlarning shakllanish omillari yuzasidan ma’lumotlar olindi.

Bozorda narxlarning barqarorligini ta’minlash, sun’iy narx oshishining oldini olish hamda aholiga sifatli va arzon mahsulotlar yetkazib berish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 

Slide 1 of 6