Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xo‘jaobod mahallasida Kengash raisi tashabbusi bilan ichki yo‘lni asfaltlash ishlari boshlandi
янв.21
Deputat mahallada: Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Pop tuman Kengashida doimiy komissiya muhokama yigʻlishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari va muammolari o‘rganildi
янв.21
Infratuzilma: ishlar joyida o‘rganildi
янв.21
Bitiruvchi yoshlarning bandligini ta’minlash bo‘yicha xonadonbay o‘rganishlar olib borildi
янв.21
Bozorlarda narx-navo deputat nazoratida: G‘urumsaroy dehqon bozorida o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Tog‘lar bag‘rida — yoshlar orzulari sari yo‘l
янв.21
DEPUTAT QABULI: NAVBATDAGI QABUL O‘TKAZILDI
Yo‘rmado‘z mahallasidagi bolalar maydonchasida aniqlangan kamchilik deputatlik nazoratiga olindi

Bolalar uchun xavfsiz va qulay muhit yaratish, ularning sog‘lig‘i hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish muhim vazifalardan biridir. Shu nuqtayi nazardan, mahallalarda bolalar maydonchalari holatini o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishini nazorat qilish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 7-yanvardagi O‘RQ–139-son “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash, shuningdek, Prezidentning PQ–406-son qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya ijrosi doirasida Yo‘rmado‘z mahallasidagi bolalar maydonchasi holati o‘rganildi.

O‘rganishda Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ermatov, deputat Z.G‘ofurova, kotibiyat bosh mutaxassisi N.Akbarova, mahalla raisi G‘.Djumaboyev hamda yoshlar yetakchisi A.Akbarov ishtirok etdilar.

O‘rganish davomida bolalar maydonchasida ularning mazmunli hordiq chiqarishi va xavfsiz dam olishi uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Jarayonda maydoncha atrofida suv tarmog‘i tortilgani, biroq uni qurish ishlari hali yakuniga yetkazilmagani aniqlandi.

Qurilish ishlarining oxiriga yetkazilmagani hududdan foydalanish uchun zarur sharoitlarni to‘liq ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratishni talab etadi. Shu bois aniqlangan kamchilikni bartaraf etish va tegishli ishlarni yakunlash masalasi deputatlik nazoratiga olindi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha mavjud muammoni hal etish hamda bolalar maydonchasida qulay va xavfsiz muhitni ta’minlash yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishi nazoratga olindi.

Deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — hududlarda mavjud muammolarni aniqlash bilangina cheklanmay, ularning amaliy yechimiga erishish va bolalar uchun munosib sharoitlar yaratilishiga ko‘maklashishdir.

Slide 1 of 5