#deputatlik_faoliyati #deputat_hududlarda
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi Deputati M. Jalolov Andijon shahridagi 6-umumiy ta’lim maktabining bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan uchrashuv tashkil etdi.
Uchrashuv davomida yoshlarning kelajakdagi rejalari, kasb tanlashdagi qarashlari, ularning qiziqishlari hamda tashabbuslari haqida ochiq va samimiy muloqot bo‘lib o‘tdi. O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, ta’lim, kasb-hunar egallash hamda kelajakdagi imkoniyatlar yuzasidan fikr almashdilar.
Deputat yoshlarning bilim olishga bo‘lgan intilishi, zamonaviy kasblarni egallashga qaratilgan sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash zarurligini ta’kidlab, ularga kelajakdagi maqsadlariga erishish yo‘lida doimo izlanish, mehnatsevarlik va qat’iyat muhim ekanini alohida qayd etdi.
Shuningdek, uchrashuv jarayonida yoshlarning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularni ijtimoiy hayotga faol jalb etish hamda kelgusida ham bunday muloqotlarni muntazam tashkil etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.
Bunday uchrashuvlar yoshlarning fikrini tinglash, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda kelajak avlodning intilishlarini yanada rag‘batlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 📚✨👩🎓👨🎓