Yangiliklar

Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Toshloq tumani Kengashining o‘n to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada xalq deputatlari Toshloq tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi tomonidan Toshloq tuman Tibbiyot birlashmasida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganish natijalari, 2026-yilda tuman hududidagi ko‘p kvartirali uylarni mukammal va joriy ta’mirlash bo‘yicha manzilli dasturni tasdiqlash, “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasidan mablag‘ ajratish hamda tuman hokimining qarorini tasdiqlash to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi va mas’ullarning axborot va hisobotlari eshitildi.

Sessiya yakunida kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Slide 1 of 9