Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo'yicha doimiy komissiya a'zosi X.Xudayberdiyeva tomonidan “Ilg‘or” MFY hududidagi 75-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida dastur asosida amalga oshirilayotgan rekonstruksiya ishlari o‘rganildi.
O‘rganish davomida maktab hududida qo‘shimcha 240 o‘rinli o‘quv binosi qurilishi, qurilish-montaj ishlarining borishi hamda ta’lim oluvchilar uchun yaratilayotgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi va ajratilgan mablaglardan foydalanish o'rganildi
Shuningdek, yangi o‘quv binosining belgilangan talablar asosida barpo etilishi, qurilish ishlarining sifati va belgilangan muddatlarda yakunlanishiga alohida e’tibor qaratildi.