Aholi muammolari o‘rganildi
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov hamda tuman hokimligi Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i G.Isroilova tomonidan aholi muammolari o‘rganildi.
O‘rganish davomida fuqarolarning bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirish hamda oilalarni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha mavjud muammolar ko‘rib chiqildi.
Aniqlangan masalalarni hal etish va aholiga amaliy ko‘mak ko‘rsatish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.