Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanova tomonidan Beshqo‘rg‘on mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-sentabrdagi Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida OʻRQ-561-son qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi.
O‘rganish davomida ayollar va bolalarning huquq hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish, tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.