35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanova tomonidan 51-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, muassasaning faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo'yicha doimiy komissiya a'zosi X.Xudayberdiyeva tomonidan “Ilg‘or” MFY hududidagi 75-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida dastur asosida amalga oshirilayotgan rekonstruksiya ishlari o‘rganildi.
янв.21
Tavboyev Azamat Qo'shboqovichning deputatlik so‘roviga tuman hokimining birinchi o'rinbosari R.Niyatovdan javob olindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi S.Maxkamov hamda komissiya a’zolari O‘.Omonov va N.Ochilova ishtirokida doimiy komissiya majlisi o‘tkazildi.
янв.21
Navbatdagi sessiya muhokamasiga kiritilgan masalalar hamda qaror loyihalari muhokama qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanova tomonidan Beshqo‘rg‘on mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-sentabrdagi Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida OʻRQ-561-son qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi.
янв.21
Aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi raisi A.Tavboyev, Inson ijtimoiy xizmatlari markazi direktori v.v.b. M.Mamatov hamda mas’ullar tomonidan Ko‘raki mahallasida kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishida xonadonbay o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi 23-Pong saylov okrugi deputati M.Nurmanova tomonidan Beshqo‘rg‘on mahallasida fuqarolar yig‘ini faoliyati samaradorligi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

19¹-modda
📌 KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH — E’TIBOR MARKAZIDA


Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 22-“Bo‘ston” saylov okrugi deputati A. To‘xtashov hamda Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov tomonidan Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida “Oyinli” mahallasida kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash va oilalar daromadini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

🔹 O‘rganish davomida mahalladagi aholi bandligi, daromad manbalarini ko‘paytirish, ishsiz fuqarolarni mehnat faoliyatiga jalb etish hamda tadbirkorlik imkoniyatlaridan samarali foydalanish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

📍 Shuningdek, fuqarolar bilan bevosita muloqot qilinib, ularning murojaat va takliflari tinglandi. Aniqlangan muammolarni bartaraf etish hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

🤝 Aholi farovonligini oshirish, bandlikni ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish yo‘lidagi ishlar mahallalar kesimida izchil davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 2