#Doimiy_komissiya_faoliyati
#19_1_modda
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati, Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi o‘rinbosari Z.Turdiyev hamda Kadastrlar palatasi Payariq tumani filiali boshlig‘i H.Muxtasamov ishtirokida mahalla fuqarolar yig‘inlari chegaralarini qayta shakllantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
O‘rganish davomida amaldagi mahalla chegaralari, hududlarning joylashuvi, aholi soni, yangi tashkil etilgan turar joylar hamda infratuzilma obyektlari tahlil qilindi.
Shuningdek, mavjud chegaralarni bugungi sharoit va hududlarning rivojlanish istiqbollariga moslashtirish masalalari muhokama etildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|