#biriktirilgan_tashkilot
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati, Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya kotibi F.Shakarov, tuman hokimining o‘rinbosari U.Quvatov hamda tegishli tashkilotlar mas'ullari ishtirokida PQ–298-son qarori ijrosi doirasida Chelak shaharchasi hududidan o‘tuvchi D067 (4R–48) "Zarafshon trakti o‘ng qirg‘og‘i" avtomobil yo‘lining 33–35-kilometrlar oralig‘ida amalga oshiriladigan rekonstruksiya ishlar o‘rganildi.
Yig‘ilishda loyiha doirasida bajariladigan qurilish ishlari, ularning sifati, belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi hamda yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, rekonstruksiya ishlari yakunida transport qatnovi qulaylashishi, hudud infratuzilmasi yanada yaxshilanishi va aholiga munosib sharoitlar yaratilishi alohida ta'kidlandi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|