#Doimiy_komissiya_faoliyati
#19_1_modda
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Sh.Mirzaqulov tomonidan tuman Sog‘liqni saqlash bo‘limiga qarashli 1-son oilaviy poliklinikada olib borilayotgan qurilish va rekonstruksiya ishlari o‘rganildi.
O‘rganish davomida muassasada bemorlar uchun yaratilayotgan qulay sharoitlar, binoning zamonaviy talablar asosida rekonstruksiya qilinishi hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarning tibbiy xizmatlardan to‘siqsiz foydalanishini ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan qulayliklar bilan yaqindan tanishildi.
Shuningdek, tibbiyot muassasasida aholiga sifatli va qulay tibbiy xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga xizmat qiladigan bunyodkorlik ishlari yuzasidan fikr almashilib, ularning belgilangan talablar asosida olib borilishi muhimligi ta’kidlandi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|