Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati, Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi o‘rinbosari Z.Turdiyev tomonidan Alisher Navoiy mahallasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 15-Toshhovuz saylov okrugidan saylangan deputati F.Dehkonova mahalla profilaktika inspektori bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining "Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida"gi Qonuni ijrosi yuzasidan hududda amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi raisi A.Tavboyev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Jazilov tomonidan tuman Yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i A.Sunnatov ishtirokida yoshlar bilan ishlash tizimida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanova tomonidan Maniobod mahallasida xotin-qizlar bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularning murojaat va takliflari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati, Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi o‘rinbosari Z.Turdiyev tomonidan Javshar ota mahalla fuqarolar yig‘ini binosida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N.Ochilova tomonidan Go‘zal mahallasidagi bolalar maydonchasi holati yuzasidan ota-onalar tomonidan bildirilgan murojaatlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 15-Toshhovuz saylov okrugidan saylangan deputati F.Dehkonova tomonidan tuman Nogironlar jamiyati tuman bo‘limi xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi S.Sa’dullayeva tomonidan 11-son umumta’lim maktabida "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida o‘quvchi-yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati, Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi o‘rinbosari Z.Turdiyev hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘RQ–539-son Qonuni ijrosi yuzasidan joylarda o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi M. Kazakova tomonidan Fidokor mahallasi hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi.
Payshanba – yoshlar kuni: Avulmat mahallasida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

 Payshanba – yoshlar kuni munosabati bilan Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Raximov Avulmat mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.Uchrashuv davomida yoshlarning ta’lim olishi, bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ularning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha fikr almashildi. Deputat yoshlarning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini qo‘llab-quvvatlash, ularning intellektual salohiyati va tashabbuslarini rag‘batlantirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligini ta’kidladi. Uchrashuv samimiy va konstruktiv ruhda o‘tib, yoshlarni qiynayotgan masalalarni o‘rganish hamda ularni hal etish bo‘yicha amaliy ishlar izchil davom ettirilishi qayd etildi.  

Slide 1 of 5