#24_ta_masala
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati, Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi o‘rinbosari Z.Turdiyev tomonidan Javshar ota mahalla fuqarolar yig‘ini binosida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish davomida mahalla binosi va uning atrofini obodonlashtirish, hududni ko‘kalamzorlashtirish, sanitariya holatini yaxshilash hamda fuqarolar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, bajarilayotgan ishlarning sifati va belgilangan muddatlarda yakunlanishi yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|