#Kengash_raisi_faoliyati
#kotibiyat_xodimi
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi raisi A.Tavboyev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Jazilov tomonidan tuman Yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i A.Sunnatov ishtirokida yoshlar bilan ishlash tizimida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Jarayonda yoshlarning bandligini ta’minlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kasb-hunarga yo‘naltirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda mahallalarda olib borilayotgan loyihalar yuzasidan ma’lumotlar tinglandi.
Shuningdek, davlat dasturlari va yoshlar siyosati doirasida belgilangan vazifalarning ijrosi, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda yoshlar murojaatlari bilan ishlash holatiga alohida e’tibor qaratildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|