#Doimiy_komissiya_faoliyati
#19_1_modda
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati, Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi o‘rinbosari Z.Turdiyev hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘RQ–539-son Qonuni ijrosi yuzasidan joylarda o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida ijtimoiy soha obyektlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlarda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish holati, energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish hamda qonun talablarining amaliy ijrosi tahlil qilindi.
Shuningdek, energiya resurslaridan oqilona foydalanish, muqobil energiya manbalarini keng joriy etish va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|