Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputatlari — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan Z.Esirgapova hamda O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasidan saylangan D.Saidova Uyas mahallasida bo‘lib, navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan “Yulduzcha” maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Tashrif davomida muassasadagi ta’lim-tarbiya jarayonlari, bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, moddiy-texnik baza hamda pedagoglar faoliyati o‘rganildi. Shuningdek, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va ta’lim sifatini yanada oshirish bo‘yicha fikr-mulohazalar almashildi.
⭐️ Farzandlarimizning bilimli, sog‘lom va barkamol voyaga yetishi yo‘lida maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish doimo e’tibor markazida bo‘lib qoladi.