Ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar farzandlari qo‘llab-quvvatlandi
Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashi deputati M. Karimova o‘zi saylangan okrug hududidagi “G‘oyibon” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar holidan xabar oldi.
Tadbir davomida “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan oilalar farzandlariga tuman Nuroniylar bo‘limi bilan hamkorlikda sport kiyimlari hamda 7 turdagi o‘quv qurollari topshirildi.
Mazkur xayriya tadbiri yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ta’lim olishi va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishiga ko‘maklashish maqsadida tashkil etildi.