Guzar MFYdan saylangan tuman Kengashi deputati M.Dusmatova Ipak yo‘li ko‘chasidagi suv quvurida yuzaga kelgan nosozlik holatini o‘rganib chiqdi.
Muammoni tezkor bartaraf etish maqsadida “Bo‘ston tumani suv ta’minoti” bo‘limi mas’ullariga tegishli ko‘rsatmalar berildi. Hozirda nosozlikni bartaraf etish ishlari nazoratga olingan.
Fuqarolarning qulay hayoti va muammolarini hal etish — doimiy e’tibor markazida!