#162_Qonun
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputatlari Z.Yusupova va S.Norboyeva hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati N.Ochilova tomonidan fuqarolar murojaatlari tinglandi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ-937-sonli Qonuni ijrosi yuzasidan fuqarolar bilan muloqot o‘tkazilib, ularning murojaatlari va mavjud muammolari o‘rganildi.
Shuningdek, qonun mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berilib, aniqlangan masalalarni hal etish bo‘yicha tegishli mutasaddilarga vazifalar yuklatildi hamda ijrosi nazoratga olindi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|