Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati L.Djamolova tomonidan tibbiyot birlashmasi boshlig‘i D.Jurayevga deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi A.Maxammatov tomonidan Qirqovul mahallasida faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimning ish samaradorligi hamda aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi A.Maxammatov tomonidan Qirqovul mahallasi hokim yordamchisining faoliyati atroflicha o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, Payariq tumani hokimi Sh.Xudayberdiyev Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-avgustdagi VM-495-son qarori asosida ajratilgan drayver loyiha mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati B.Shakarov Nakurt mahallasida olib borilayotgan mahalla binosi qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga asosan Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi A.Maxammatov bilan birgalikda Qirqovul mahallasida joylashgan tibbiyot muassasasida o‘rganish olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi A.Maxammatov tomonidan Qirqovul mahallasi Pastg‘ovul qishlog‘ida elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq muammolar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati M.Nurmanova hududdagi 4-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, muassasada yaratilgan shart-sharoitlar hamda mavjud holatlarni o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati X.Xudoyberdiyeva Tomoyrot mahallasida bo‘lib, mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash hamda muammolarini o‘rganish borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati M.Nurmanova hududdagi ijtimoiy soha obyektlarida mavjud muammolarni o‘rganish maqsadida 4-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘ldi.
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati B.Soliyeva tomonidan “Bog‘i eram” saylov okrugi saylovchilari bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi Mahalliy vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyaning 2024 yil 31 yanvardagi 22-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati B.Soliyeva tomonidan “Bog‘i eram” saylov okrugi saylovchilari bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

Tasdiqlangan jadvalga muvofiq o‘tkazilgan uchrashuv davomida deputat o‘zining amalga oshirgan ishlari hamda oldida turgan ustuvor vazifalar xususida axborot berdi. Tadbirda tuman tashkilotlari mas’ul xodimlari ishtirok etib, fuqarolarning taklif va murojaatlarini tingladilar.

Ochiq muloqot jarayonida aholini tashvishga solayotgan dolzarb masalalar muhokama qilinib, ularni hal etish yuzasidan amaliy chora-tadbirlar belgilab olindi.

Bo‘ston tumanida aholi bilan ochiq, samarali va manzilli muloqotlarni tashkil etish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 3