Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati L.Djamolova tomonidan tibbiyot birlashmasi boshlig‘i D.Jurayevga deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi A.Maxammatov tomonidan Qirqovul mahallasida faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimning ish samaradorligi hamda aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi A.Maxammatov tomonidan Qirqovul mahallasi hokim yordamchisining faoliyati atroflicha o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, Payariq tumani hokimi Sh.Xudayberdiyev Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-avgustdagi VM-495-son qarori asosida ajratilgan drayver loyiha mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati B.Shakarov Nakurt mahallasida olib borilayotgan mahalla binosi qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga asosan Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi A.Maxammatov bilan birgalikda Qirqovul mahallasida joylashgan tibbiyot muassasasida o‘rganish olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi A.Maxammatov tomonidan Qirqovul mahallasi Pastg‘ovul qishlog‘ida elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq muammolar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati M.Nurmanova hududdagi 4-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, muassasada yaratilgan shart-sharoitlar hamda mavjud holatlarni o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati X.Xudoyberdiyeva Tomoyrot mahallasida bo‘lib, mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash hamda muammolarini o‘rganish borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati M.Nurmanova hududdagi ijtimoiy soha obyektlarida mavjud muammolarni o‘rganish maqsadida 4-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘ldi.
Doimiy komissiya yig‘ishi bo‘lib o‘tdi.

🔰Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining navbatdagi sessiya muhokamasiga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda ko‘rib chiqish maqsadida shahar Kengashining “Qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi.

🔻Kun tartibidagi masalalar: 

🔸 1. 2026 yil davomida Jizzax shahrida ekologiya sohasidagi ustuvor vazifalarning bajarilishi, atmosfera havosini muhofaza qilish, hududlarni ko‘kalamzorlashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusida belgilangan vazifalar to‘g‘risidagi ekologiya rahbarining hisobotini eshitish.

🔸2. Jizzax suv taʼminoti” AJ Jizzax shahar filiali boshlig‘ining 2026 yilning o‘tgan davri mobaynida shaharda aholini ichimlik suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish hamda kanalizatsiya tizimini yaxshilash borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotni eshitish.

🔹Yig‘ilish davomida, doimiy komissiya aʼzolari yuqoridagi masalalar yuzasidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdilar. Yig‘ilish so‘ngida deputatlar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalarni inobatga olib, doimiy komissiyaning tegishli qarorlari qabul qilindi. 

Slide 1 of 6