Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi A.Maxammatov tomonidan Qirqovul mahallasida faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimning ish samaradorligi hamda aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati L.Djamolova tomonidan tibbiyot birlashmasi boshlig‘i D.Jurayevga deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi A.Maxammatov tomonidan Qirqovul mahallasi hokim yordamchisining faoliyati atroflicha o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, Payariq tumani hokimi Sh.Xudayberdiyev Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-avgustdagi VM-495-son qarori asosida ajratilgan drayver loyiha mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati B.Shakarov Nakurt mahallasida olib borilayotgan mahalla binosi qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga asosan Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi A.Maxammatov bilan birgalikda Qirqovul mahallasida joylashgan tibbiyot muassasasida o‘rganish olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi A.Maxammatov tomonidan Qirqovul mahallasi Pastg‘ovul qishlog‘ida elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq muammolar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati M.Nurmanova hududdagi 4-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, muassasada yaratilgan shart-sharoitlar hamda mavjud holatlarni o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati X.Xudoyberdiyeva Tomoyrot mahallasida bo‘lib, mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash hamda muammolarini o‘rganish borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati M.Nurmanova hududdagi ijtimoiy soha obyektlarida mavjud muammolarni o‘rganish maqsadida 4-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘ldi.
#24_ta_masala

Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Oripov ishtirokida “Qorliq” MFYdagi 27-sonli DMTTda nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda tuman Kengashi deputati Z.Mengnarova, O‘zXDP tuman kengashi raisi O.Avazov va kotibiyat bosh mutaxassislari ishtirok etdi.

Nazorat-tahlil jarayonida muassasaning obodonlashtirish ishlari, moddiy-texnik ta’minoti, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonining sifati va infratuzilma holati, bolalar uchun xavfsiz va qulay muhit yaratish va pedagog xodimlarni qo‘llab-quvvatlash ishlari tahlil qilindi.

O‘rganish bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, muassasa faoliyati samaradorligini oshirish, maktabgacha ta’lim xizmatlari sifatini yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

🕊Telegram 💬Facebook 🌐E-kengash 📸Instagram ▶️YouTube 🌐 oltinsoy.uz

Slide 1 of 7